
Biz haqimizda
"Oil Change" MChJ (CARLAND) — bu avtomobil egalari uchun ishonchli va zamonaviy moy almashtirish xizmatlarini taklif etuvchi markazlar tarmog‘i. Kompaniya 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda avtomobil moylari savdosi va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z o‘rnini topdi.
Bizning asosiy maqsadimiz — mijozlarga yuqori sifatli xizmat, ishonchli mahsulotlar va professionallik asosida xizmat ko‘rsatishdir. CARLAND markazlari jahon brendlariga tegishli sertifikatlangan avtomobil moylarini taklif etadi va har bir mijozning mashinasi uchun eng optimal yechimni tanlaydi.
Bosh ofisimiz Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, bizning xizmatlarimiz respublika bo‘ylab kengayib bormoqda. Tajribali mutaxassislar jamoasi, qulay joylashuvdagi servislar va mijozlar ehtiyojiga moslashtirilgan xizmatlar — CARLAND’ning bosh ustuvorliklaridir.
CARLAND — bu sifat, tezlik va ishonchli xizmat kafolati!